Tanzila Norboyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida tomonlar parlamentlararo hamkorlik, inson huquqlarini himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tenglikni ilgari surish kabi masalalarni muhokama qildi.
Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bugun, 4 dekabr kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida so‘nggi yillarda barqaror rivojlanayotgan hamda hamkorlikning yangi bosqichiga ko‘tarilgan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Parlamentlararo hamkorlik, inson huquqlarini himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tenglikni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini, shu jumladan, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti mintaqaviy platformasi doirasida ham kengaytirish masalalarini muhokama qilgan. Tajriba almashish va mintaqada gender tenglikni targ‘ib qilish uchun xalqaro platforma vazifasini bajarayotgan Osiyo xotin-qizlari forumining ahamiyati ta’kidlangan.
«O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida inson va mehnat huquqlarini himoya qilish, atrof-muhitni, iqlimni muhofaza qilish va samarali boshqaruvni ta’minlash bilan bog‘liq 27 ta muhim xalqaro konvensiyani samarali amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar muhokama qilinayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu majburiyatlarning bajarilishi Yevropa Ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan rejalarni amalga oshirish bo‘yicha faol muloqot olib borish hamda birgalikda ishlarni davom ettirish haqida kelishuvga erishildi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024