Jahon | 01:03 / 05.12.2018
12513
1 daqiqa o‘qiladi

Hasan Ruhoniy Tramp bilan muzokaralardan voz kechganini ma'lum qildi 

Foto: Iranian Presidency Office via AP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Tramp u bilan muzokaralar o‘tkazishga bir necha bor uringani, biroq u rad javobini berganini ma'lum qildi.  

Ruhoniyning aytishicha, Tramp joriy yil davomida u bilan 3 marta, 2017 yilda esa 8 marta uchrashuv tashkillashtirishga uringan.

“AQSh o‘tgan yil bevosita 8 marta, joriy yilda esa bilvosita 3 marta muzokaralar o‘tkazilishini so‘ragan”, deb aytgan Ruhoniy.

Eron prezidenti Vashington nima sabab bilan muzokaralar o‘tkazilishini so‘raganiga oydinlik qiritmagan, biroq ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralardagi asosiy muammo Eron yadroviy dasturi va AQSh sanksiyalari hisoblanadi.   

Mavzuga oid