Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boshlandi
Foto: Delfi
Prezidentning 2018 yil 23 oktabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste'molchilarning barchasi elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilangan berilgan edi.
“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qo‘qon shahrida elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda Qo‘qon shahri elektr energiyasi iste'molchilari 6 ta nimstansiya va undan chiquvchi 113 ta 6 kV li elektr uzatish tarmoqlari hamda 556 ta transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanmoqda.
Elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish natijasida shahar hududidagi hisob nuqtalariga jami 59 168 ta, jumladan: nimstansiyalarga 143 ta; aholi iste'molchilariga 53 983 ta hamda ulgurji iste'molchilariga 4 673 ta elektr hisoblagichlar va hisob nuqtalaridan ma'lumotlarni yig‘ish uchun nimstansiya va transformator punktlariga 373 ta konsentratorlar o‘rnatilishi ta'minlanadi.
Ushbu loyiha doirasida Qo‘qon shahriga XK «Toshelectroapparat» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 22 000 dona zamonaviy elektr hisoblagichlar yetkazib berildi va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
18:02 / 12.03.2026
Mart oyida elektr energiyasi kunlik iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
15:27 / 10.03.2026
Onaning tushi orqali ochilgan Qo‘qondagi qotillik ishida hukm o‘qildi
11:13 / 02.03.2026