Parij şahrida Özbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Kamol Muxtorov ICOMOS boş direktori Selin Noges-Veber bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqotda madaniy meros obektlarini asraş va restavratsiya qiliş sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda Özbekiston tomoni Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa saroyi hamda Qöqondagi Xudoyorxon saroyida restavratsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalari haqida ma’lumot berdi. Qayd etilişiça, işlar xalqaro standartlarga muvofiq tarzda va YuNeSKO hamda ICOMOS bilan yaqin hamkorlikda bajariladi.

ICOMOS vakillari mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlab, loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirdi.

Şuningdek, muzokaralarda Özbekistondagi YuNeSKO Butunjahon merosi obektlarini muhofaza qiliş, Buxoro tarixiy markazining kompleks boş rejasini işlab çiqiş hamda Samarqand, Xiva va Şahrisabz şaharlari böyiça yangi rejalar tayyorlaş masalalari ham körib çiqildi.

Tomonlar muzokaralar yakunida Özbekiston va ICOMOS örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça memorandum işlab çiqiş va imzolaşga kelişib oldi.