O‘zbekiston | 11:04 / 06.12.2018
5416
4 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanida zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri Olmazor tumanida zamonaviy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, «O‘zeltexsanoat» AK va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan, «NURA ENERGOJIHOZ SANOATI» MChJ QK bilan birgalikda, umumiy loyihaviy qiymati 4,8 mln. dollarga teng investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan. Shu jumladan:

- «Energiya tejovchi LED-lampalar, yoritqichlar, rozetkalar va o‘chirgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish», loyihaviy qiymati 1,0 mln.dollar;
- «Akkumulyator (starterlar uchun qo‘rg‘oshin-kislotali) batareyalari ishlab chiqarishni tashkil etish», loyihaviy qiymati 3,8 mln.dollar, shundan 1.7 mln.dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va «O‘zeltexsanoat» AKning Toshkent shahri, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51-uy manzilida joylashgan, bo‘sh turgan ikki qavatli oshxona binosini «NURA ENERGOJIHOZ SANOATI» MChJ QK tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “nol” qiymatida sotib olishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Belgilab qo‘yilishicha, «NURA ENERGOJIHOZ SANOATI» MChJ QK o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

2018-2020 yillar mobaynida kamida 24,92 mlrd.so‘mlik investitsiyalar kiritish va kamida 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish;

zamonaviy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan, 2019 yil dekabridan ishga tushiriladigan energiya tejovchi LED-lampalar, yoritqichlar, rozetkalar va o‘chirgichlar, hamda 2020 yil dekabrida ishga tushiriladigan akkumulyator (starterlar uchun qo‘rg‘oshin-kislotali) batareyalari ishlab chiqarishni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga, Toshkent shahar hokimligi va «O‘zeltexsanoat» AK bilan birgalikda:

loyiha tashabbuskori bilan obektni ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “nol” qiymatida sotib olishi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish;

«NURA ENERGOJIHOZ SANOATI» MChJ QK tomonidan uning o‘z zimmasiga olgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni ta'minlash;

«NURA ENERGOJIHOZ SANOATI» MChJ QK ga obektni o‘z muddatida o‘rnatilgan tartibda topshirishni ta'minlash topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mikroprotsessorli va kontaktsiz kartalar hamda ularga xizmat ko‘rsatadigan uskunalar ishlab chiqishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 13 fevraldagi 72-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid