Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHTda 26 yil ichida ilk bor jurnalistlar xavfsizligi bo‘yicha bir qarorga kelindi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YeXHT) a'zo davlatlar jurnalistlar xavfsizligi va so‘z erkinligiga taalluqli hujjatni qabul qilishga kelishib olishdi. Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri, joriy yilda tashkilotda raislik qilayotgan Entso Moavero Milanezi ma'lum qildi.
“YeXHT 26 yildan keyin ilk bor jurnalistlar xavfsizligi, matbuot, plyuralizm (turfa fikrlik) erkinligi, jurnalistlar og‘ir sharoitda bo‘lganda, ularga ta'qib xavf solayotganda ularning xavfsizligiga taalluqli hujjatni qabul qilish bo‘yicha bir qarorga keldi”, deb aytgan Milanezi YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashi yakunlariga ko‘ra o‘tgan matbuot anjumanda.
Uning aytishicha, hujjatni endi yakuniga yetkazish va tarqatish kerak bo‘ladi.
“Biz 26 yil davomida bu kelishuvga kelolmaganmiz. Bunday yakdil qaror demokratiya va plyuralizmning bu bandini fuqarolik jamiyatiga tatbiq qilishni ta'minlaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Italiya vakili.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025