Jamiyat | 18:05 / 07.12.2018
11781
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

korzinka.uz bayramona elektron katalogining birinchi qismini taqdim etdi

Foto: korzinka.uz

korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bayramona elektron katalogining birinchi qismini taqdim etdi.

Katalogda turli savdo belgilarining bayramona sovg‘a to‘plamlari, shirinliklar, ichimliklar, taomlar uchun kerakli masalliqlar, mevalar, dasturxonga tortiluvchi tansiq yeguliklar bilan bir qatorda kundalik ehtiyojlar uchun zaruriy kimyo-xo‘jalik buyumlari hamyonbop narxlarda taklif etilgan.

Foto: korzinka.uz
Foto: korzinka.uz

Ta'kidlash kerakki, elektron katalogning mazkur soni 6 dekabrdan 19 dekabrgacha korzinka.uz supermarketlarida amalda bo‘lgan aksiyalar, eng sara chegirmalar va takliflar bilan smartfonning o‘zida tanishish imkoniyatini beradi. Bu esa mijozlarning qaysi bo‘limda eng yaxshi aksiya va chegirmalar amal qilayotganini yagona platformada turib kuzatishini ta'minlaydi.

Tarmoqning Instagram sahifasi va Telegram kanallaridagi maxsus havolaga o‘tish orqali xaridorlar mahsulotlarning tuzilishini ko‘rish, eski va yangi narxdagi tafovutni taqqoslash hamda so‘nggi ma'lumotlarni o‘z vaqtida bilib olish kabi qulaylikka ega bo‘ladi.

Foto: korzinka.uz
Foto: korzinka.uz

Eslatib o‘tamiz, xaridorlar endi Payme va Click to‘lov tizimlari orqali ham korzinka.uz supermarketlarida xaridlar uchun to‘lov qilishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid