O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
2018 yilning 6-7 dekabr kunlari Milan shahrida (Italiya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
YeXHTning amaldagi raisi, Italiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Entso Moavero-Milanezi tomonidan chaqirilgan TIVK ishida YeXHTning 57ta ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari hamda hamkorlik bo‘yicha sherik davlatlarning tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi nomidan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan, YeXHT hududida hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar.
YeXHT TIVKning 2019 yilda o‘tkaziladigan keyingi majlisi 1 yanvardan tashkilotga raislik qiluvchi Slovakiyada o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024