AQŞning The National Interest naşrining yozişiça, T-72B3 va T-90 tanklari, “Smerç” raketa-zenit tizimi, “Iskander” raketa va S-400 zenit-raketa majmualari Rossiyaning “NATO töqnaş kelişni istamaydigan” “qirğinbarot” qurol turlari hisoblanadi.
Maqola muallifining fikriça, bu qurol turlari Rossiya armiyasining harbiy imkoniyatlarini aks ettiradi.
Muallifning ta'kidlaşiça, T-72B3 va T-90AS tanklari tanklarga qarşi quroldan yaxşi himoyaga, takomillaştirilgan qurol, teplovizor va öq-doriga ega, bu esa qisqa masofalardagi janglarda ğarb davlatlari jangovar tanklarini yöq qilişda ustunlik beradi. Bu tanklarning asosiy ustunligi “raqobatçilari”dan ança yengilligi hisoblanadi. Bu esa ularga raqibning oğir tanklaridan köra tezroq harakatlanişiga imkon beradi. Şu bilan birga, ğarb davlatlari tanklari aniqlaş priborlari va öt oçişni boşqariş tizimlarida hamon ustunlikka ega.
Şuningdek, 300 mmli kalibrga ega BM-30 “Smerç” yalpi öt oçiş tizimi ham muallifning e'tiborini tortgan. Ta'kidlanişiça, bu tizim Rossiya artilleriyasining qirğinbarot ta'siriga misol hisoblanadi. Tizim 12 ta raketa bilan qurollangan bölib, 100 kmgaça masofada raqibni “yalpi öt oçiş” bilan yöq qilişi mumkin.
Muallifning yozişiça, “Iskander” tizimlari parvoz tezligi va aniqligi böyiça avvalgi tizimlardan ustunroq, raketaga qarşi mudofaa tizimlariga çap bera oladi va 680 kilogrammlik “dahşatli” jangovar kallakka ega. Tizim 500 kmgaça masofadagi raqibni yöq qilişga imkon beradi.
Naşrning ta'kidlaşiça, Rossiyaning havo hujumiga qarşi mudofaasi taraqqiyotining çöqqisi S-400 “Triumf” majmualari hisoblanadi. Bu majmua bir neçta radar, qömondonlik punkti va pusk qurilmalaridan taşkil topgan. Majmua ular yordamida bir vaqtda 400 kmgaça masofadagi 36 ta samolyotni kuzatib, ularga hujum qila oladi.
Suriya va Kaliningradda örnatilgan bunday batareyalar Turkiya, Kipr, Polşa va Germaniya aviabazalari ustidagi havo hududini nazorat qila oladi.

















