Roskomnadzor (RKN) AQŞda işlab çiqilgan foto va video almaşiş ilovasi SnapÇat’ni bloklaganini e’lon qildi. Rossiya idorasi payşanba kuni, 4 dekabrda, bu qarorning sababi sifatida uşbu messenjer orqali terroristlarni yollaş va firibgarlik operatsiyalari amalga oşirilişini körsatdi.
«Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotlariga köra, SnapChat mamlakat hududida terroristik harakatlarni taşkil etiş va ötkaziş, ularning ijroçilarini yollaş, şuningdek, fuqarolarimizga qarşi firibgarlik va boşqa turdagi jinoyatlarni sodir etiş uçun qöllanmoqda», — deyiladi Roskomnadzor bayonotida. Şuningdek, ma’lumotda SnapChat 10 oktyabr kuni bloklangani qayd etilgan.
Xuddi şu kuni Roskomnadzor Apple kompaniyasining FaceTime videoqönğiroq xizmati ham bloklangani haqida xabar qildi. Bir kun avval esa öxşaş çoralar Roblox öyin platformasiga nisbatan qöllangan edi. Sönggi haftalar va oylarda RKN WhatsApp va Telegram messenjerlari işini ham çeklab kelmoqda — jumladan, ularda qönğiroq qiliş imkoniyati bloklangan. Noyabr oyi oxirida Roskomnadzor Rossiyada WhatsApp’ni töliq bloklaş bilan tahdid qildi, çunki servis Rossiya talablarini bajarişdan boş tortgan.
Snapchat — foydalanuvçilarga suratlar, video va xabarlar almaşiş imkonini beradigan messenjer bölib, ular mobil qurilma ekranida faqat bir neça soniyaga namoyon böladi va söng yöqoladi, ammo Snapchat serverlarida saqlanib qoladi. Xizmat ayniqsa Yevropa va Şimoliy Amerika yoşlari orasida juda ommabop. 2011 yilda Stenford universiteti talabalari tomonidan işlab çiqilgan messenjerning oylik aktiv foydalanuvçilari soni 900 million kişidan oşib ketgan.












