Hatto ekzotik joylarga taşrif buyurmagan bölsangiz-da, tabiat insonga kutilmagan sovğalar tortiq qilişga qodir ekanini bilsangiz kerak. Quyida aynan şunday narsalar haqida söz yuritiladi. Bugungi kunda daraxtlarning 60 mingdan ortiq turlari ma'lum. Ularning orasida non, sut, sovun va hatto kolbasa daraxtlari ham bor. Bu maqolada sayyoramizning turli joylarida ösadigan eng ğaroyib daraxtlar töğrisidagi köplab qiziqarli faktlarni bilib olasiz.

Non daraxti

Eng ğaroyib daraxtlardan biri — non daraxti. U tropik mamlakatlarda ösadi, biroq uning vatani Yangi Gvineya va Okeaniya hududi sanaladi. U haqida bor-yöği XVII asrda ingliz dengizçilari sabab bilişgan. Dengizçilar mahalliy aholi ğaroyib daraxt mevasini non örnida yeyişini hayrat bilan kuzatişgan. Ana öşanda matroslar ösimlikning köçatini olib ketib, öz ölkalarida ham ekişgan. Biroq bundan yaxşi natija çiqmadi. XVIII asrda uni Yamaykada östirişga muvaffaq bölişdi. Mazkur ösimlik mevalari qullarni boqişdagi asosiy mahsulotga aylandi.

Non daraxtining poyasi va şoxlari yöğon. U juda tez ösadi va balandligi 25 metrga ham yetişi mumkin. Mevalarining uzunligi 30-35 santimetrga, vazni esa 4-5 kilogrammga teng. Taşqi köriniş jihatidan qovunga öxşab ketadi. Non daraxti bir neça oylar davomida suvsizlikka çidaşi va Tselsiy böyiça 40 daraja issiq haroratni ham kötarişi mumkin.

Qiziqarli jihati, bu ğaroyib daraxt yiliga 9 oy davomida meva beradi. Yetmiş yil davomida har yili bitta daraxtdan 600-700 ta meva olinadi. Yuqorida aytib ötilganidek, non daraxti mevalari kulinariyada ham qöllaniladi: u qovuriladi, qaynatiladi, un kabi yançiladi va xomligiça iste'mol qilinadi. Ta'miga köra kartoşkani yodga soladi.

Şunga qaramay, ular juda tez ayniydi. Şuning uçun uni qisqa vaqt içida yeb tugatişga töğri keladi. Biroq u quritilsa, ança uzoq saqlanadi.

Daraxtning qolgan qismlari xöjalikda keng qöllaniladi: barglari bilan uy hayvonlari boqiladi, uruği esa qovuriladi.

Sut daraxti

Bu daraxt — öta ğaroyib. Uni «brosium» yoki «sigir daraxti» deb ham ataladi. Bugun uni Janubiy va Markaziy Amerikada, şuningdek Osiyo mamlakatlarida ham uçratiş mumkin. U köpinça 30 metrgaça ösadi. Daraxt nomining öziyoq  suyuqlik işlab çiqarişini anglatadi. Aynan şuning uçun ham mazkur daraxt yetiştiriladi. Boşqa ösimliklardan farqli ravişda uning suti zaharli emas, aksinça foydali hamda ta'mi yoqimli.