Yaponiyaning Okinava plyajida plastmassa qoşiqça kötarib yurgan qisqiçbaqa tadqiqotçilar e’tiborini tortdi, jonivor undan uy sifatida foydalanadi. Umuman olganda, bunday manzaralarni tez-tez uçratiş mumkin — hayvonlar tabiatga aralaşib ketgan plastik çiqindilar orasida hayotga moslaşişga majbur bölmoqda. Bunday muhit köplab turlarning odatiy xatti-harakatlarini özgartiradi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti ma’lumotlariga köra, har yili dunyoda 435 million tonnaga yaqin plastik çiqindilar hosil böladi, şundan 22 million tonnaga yaqini atrof-muhitga tuşadi. Hayvonlar plastikdan öz yaşaş muhitini yaxşilaşda foydalanmoqda: quşlarning inlarida, qisqiçbaqalar va boşqa haşarotlarning uylarida plastik elementlarni köriş mumkin.

2023 yilda tadqiqotçilar havaskor tabiatşunoslar olgan fotosuratlarni tahlil qilib, butun dunyo böylab qisqiçbaqalar boşpana uçun çiğanoq örniga köpinça plastik buyumlarni tanlayotganini aniqladi. Plastik eng keng tarqalgan “material”ga aylandi. 2010 yilda plastik “uyça”dagi qisqiçbaqani birinçi bölib körgan fotosuratçi Şon Miller bu hodisadan “mutlaqo hayratda qolgan”ini aytgan.

Bundan taşqari, plastik çiqindilar turlarning uzoq masofalarga köçişiga zamin yaratmoqda. Jonivorlar uzoq vaqt davomida yoğoç bölaklaridan okeanlarda suziş uçun tabiiy “sol” sifatida foydalangan, biroq ular juda kam uçraydi va tez çiriydi. Plastik esa, aksinça, mustahkam va uzoq muddatli bölib, hayvonlar uçun yanada işonçli transport vazifasini ötamoqda.

2011 yilgi sunamidan keyin Yaponiyada minglab tonna plastik çiqindilar okeanga tuşdi, bu esa turlarning AQŞ ğarbiy qirğoqlariga ommaviy köçişiga olib keldi. Tadqiqotlarga köra, Yaponiyadan 300 ga yaqin dengiz jonivorlari AQŞga kelgan. Olimlar bu jarayon tabiiy ekotizimlarni buzadigan invaziv turlarni paydo qilişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Plastik qirğoqböyi turlarga nafaqat oçiq okeanda yaşab qoliş, balki köpayiş imkoniyatini ham yaratmoqda. 2023 yilda mutaxassislar Tinç okeanining şimoliy qismidagi çiqindi doğidan töplangan namunalarning qariyb 70 foizida oçiq dengizda yaşaşga moslaşa oladigan turlarni aniqladi.

Hayvonlar köplab plastik buyumlardan tirik qoliş vositasi sifatida ham foydalanmoqda. Tadqiqotlarga köra, dengiz tipratikanlari va sakkizoyoqlar plastik çiqindilarni öz maqsadlari yölida faol işlatişni boşlagan. Masalan, ğarbiy Atlantikadagi dengiz tipratikanlari yaşiriniş uçun an’anaviy toşlar örniga köpinça plastik parçalarini tanlaydi. Ammo olimlarning ta’kidlaşiça, şaffof plastik quyoş nurlaridan kuyiş xavfini oşirişi mumkin.