Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaga Yevropa Ittifoqini tark etmaslikka ruxsat berildi
Yevropa ittifoqi (YeI) sudining ma'lum qilishicha, Birlashgan Qirollik tashkilot tarkibidan chiqib ketish haqida o‘z bildirishnomasini qaytarib olishi mumkin. Bu haqda mahkama saytida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, Britaniya tomoni bunday qarorni bir tomonlama tarzda qabul qilishi mumkin. Bunday holda, mamlakat YeI a'zosi maqomini o‘zida saqlab qoladi.
Aniqlik kiritilishicha, Yevropa ittifoqi va Britaniya o‘rtasidagi kelishuvdan avval, yoki ittifoqdagi a'zolik to‘xtatilishi haqida bildirishnoma yuborilganidan ikki yillik muddat tugashiga qadar shunday ssenariy ehtimoli saqlanib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ittifoqchilari Yevropa ittifoqidan chiqish bo‘yicha ikkinchi referendumni tayyorlashayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026