O‘zbekiston | 22:00 / 10.12.2018
8566
2 daqiqa o‘qiladi

Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlariga ham Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskada bo‘lish imkoni berilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 dekabrda 995-son «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hukumatning mazkur qarori 1-ilovasining 114-bandida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ham rahbarlari va xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari ro‘yxatiga tirkalmoqda.

Qaror ilovasida shunday deyiladi:

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabridagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 89-modda):

a) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi»;

b) quyidagi mazmundagi 161-band qo‘shilsin:

«161. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi».

Mavzuga oid