10 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev 2025−2028 yillarga möljallangan Suv resurslarini boşqariş va irrigatsiya sektorini rivojlantiriş dasturining ijrosi haqida ma’lumot berdi.
Vazirning ta’kidlaşiça, 2025 yilda Özbekiston böylab qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun 40 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berilgan. Öz navbatida, oldindan zaxiralar yaratilgani, kanallarni betonlaştiriş hamda suvni tejovçi texnologiyalar qöllanişini kengaytiriş hisobiga suvni tejaş böyiça yaxşi natijalarga erişilgan.
«Bugungi kun holatida transçegaraviy suv omborlari bilan hisoblaganda, suv zaxiramiz ötgan yilning şu davriga nisbatan 6,5 milliard kub metrga kam. Içki suv omborlarimizda esa 2,7 milliard kub metr kam suv yiğilgan», - degan Şavkat Hamrayev.
Suv xöjaligi vazirining qöşimça qilişiça, sönggi 5 yilda suv xöjaligi tizimini tubdan isloh qiliş, mavjud suv zaxiralaridan tejamkorlik asosida foydalanişga 60 trln söm budjet mablağlari hamda 622 mln dollar xorijiy investitsiyalar yönaltirildi. Natijada 2025 yilga kelib, respublika böyiça suv tejaydigan texnologiyalarning umumiy maydoni 2,6 mln gektarga yoki suğoriladigan maydonga nisbatan 60 foizga yetkazilgan.












