O‘zbekiston | 09:55 / 10.12.2018
16026
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» raisining yangi o‘rinbosari tayinlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. 

Hayitboy Omonov «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ kompaniyasi raisining o‘rinbosari sifatida u sanoat ishlab chiqarishi masalalarini nazorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xalq xo‘jaligi va aholining temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish ehtiyojlarini to‘la qondirish hamda temir yo‘lning barqaror va xavf-xatarsiz ishlashini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid