Jahon | 13:50 / 11.12.2018
3459
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandda siyosiy harakatlarga taqiq bekor qilindi

Foto: AP

Tailand hukumati harbiylar tomonidan siyosiy faoliyatga joriy etilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Reuters ushbu davlat OAVga asosan xabar bermoqda.

Mamlakatning harbiy hukumati 2014 yilda hokimiyat tepasiga kelgandan keyin siyosiy harakatlarga taqiq qo‘ygandi. Ta'kidlanishicha, cheklovlar sentabr oyida birinchi marta yumshatildi, o‘shanda siyosiy partiyalarni tashkil etishga taqiq bekor qilindi.

«Odamlar va siyosiy partiyalar saylovlar oldidan kuzatiladigan davrda, konstitutsiyaga muvofiq, siyosiy faoliyatda ishtirok etishi mumkin», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid