Yevropaning Euro NCAP taşkiloti kraş-testlar natijalariga köra 2018 yilning eng xavfsiz avtomobillarini aniqlab oldi. Eng yaxşi modellar 4 ta asosiy yönaliş böyiça tanlab olindi.
“Katta ölçamli oilaviy avtomobil” yönalişida yangi avloddagi Lexus ES sedani eng xavfsiz maşina deb topildi. Mutaxassislar bu avtomobilni oktabrda kraş-testdan ötkazişgan. Sedanning haydovçi va yölovçilar himoyalangani darajasi 91 foizga, bolalarning himoyalangani 81 foizga, yölovçilar va velosipedçilar himoyalangani 90 foizga baholangan, yordamçi tizimlari 77 foizga işlagan. Kraş-testlar uşbu maşinaning orqa örindiğida ötirgan yölovçilar old urilişda bel sohasida jiddiy jarohatlar olişi mumkinligini körsatgan. Avtomobilning elektron tizimlari, jumladan favqulodda tormozlaş özini yaxşi körsatgan. Avtomobil, şuningdek, “Gibrid va elektrokarlar” yönalişida ham eng yaxşi deb topilgan.
Mercedes-Benz A-Class xetçbegi “Kiçik ölçamli oilaviy avtomobil” yönalişida ğolib böldi. Yangi model kraş-testlarning barça turlaridan deyarli tanqidsizlar ötgan. Biroq şunga qaramay, mutaxassislar körinmaydigan hududlar funksiyasi işidagi kamçiliklar sababli avtomobilning polosada uşlaş tizimi past samaradorlikka egaligini qayd qilişgan. Avtomobilning haydovçilar va katta yölovçilar himoyasi 96 foizga, bolalarniki 91 foizga, piyoda va velosipedçilarniki 92 foizga, elektron tizimlar işlaşi 75 foizga işlaşi qayd qilingan.
Euro NCAP mutaxassislari eng xavfsiz katta ölçamli krossover sifatida Hyundai Nexo modelini e'tirof etişdi. Kraş-testlar natijalariga köra mutaxassislar haydovçi oyoqlari old urilişda kam himoyalangani hamda orqadan urilişda jiddiy kesik jarohatlari oliş mumkinligini qayd qilişgan. Avtomobilning haydovçilar va katta yölovçilar himoyasi 94 foizga, bolalarniki 87 foizga, piyoda va velosipedçilarniki 67 foizga, elektron tizimlar samaradorligi 80 foizga baholangan.
“2018 yilda Euro NCAP avtonom boşqaruv funksiyasini ilk bor sinovdan ötkazdi. Sinovlarimiz ayni vaqtda haydovçilar töqnaş kelayotgan bir qator muammolarni aniqlaşga yordam berdi. Ha, bu tizimlar xavfsiz va qulay, biroq ularning töliq avtomatlaşuviga hali ança bor. Biz uşbu texnologiyaning kelgusida rivojlanişi ortidan kuzatib boramiz”, deb aytgan Euro NCAP’ning boş kotibi Mixil van Ratingen.













