Joriy yilning 4 mart kuni soat taxminan 12:40 larda Toşkent viloyati Toşkent tumani hududidan ötgan M39 “Olmaota — Bişkek — Toşkent — Şahrisabz — Termiz” avtomobil yölining 812-kmda yöl-transport hodisasi yuz berdi.
Haydovçi, 2005 yilda tuğilgan A.S Toyota Lexus rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi harakatsiz turgan Nexia rusumli transport vositasini va uşbu avtomobil yonida turgan piyoda, 1960 yilda tuğilgan fuqaro Ş.Ş.ni urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi natijasida piyoda turli xildagi tan jarohatlari olib, tuman markaziy şifoxonasiga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toşkent tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismiga köra jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













