Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonadagi sud prokuratura protestidan keyin O‘zbekiston fuqarosini oqlab hukm chiqardi
Qozog‘iston Oliy sudi bosh prokurorning protesti bo‘yicha mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston fuqarosiga oqlov hukmi chiqardi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi 13 dekabr, payshanba kuni xabar berdi.
2016 yilda Atirau viloyatining Isatoy tuman sudi O‘zbekiston fuqarosi Tojiyevni «Chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni bajarmaslik» moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi va uni keyinchalik Qozog‘istondan besh yilga chiqarib yuborish bilan 106 ming tengelik (290 dollar) jarimaga tortdi.
Bir yil o‘tib, matbuot xizmati xabar berishicha, xuddi shu sud Tojiyevni «xuddi o‘sha harakatlar uchun», biroq jinoyat kodeksining boshqa moddasi - «Sud qarorini bajarmaslik» bo‘yicha olti oyga ozodlikdan mahrum etdi.
Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, hech kim bitta harakat uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Oliy sud bosh prokurorning protestida keltirilgan dalillarga qo‘shilgan va jinoiy ishni to‘xtatgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025