21:20 / 13.12.2018
9670

Valdano: «Isko muxlislardan uzr so‘rashi kerak»

«Real» klubining sobiq bosh direktori Xorxe Valdano yarimhimoyachi Isko Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan TsSKA (0:3) klubiga qarshi o‘yinda muxlislar bilan ziddiyatga bormasligi kerak edi deb hisoblamoqda.

Futbolchi o‘yindagi vaziyatlardan birida gol urolmagach, muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchragan, so‘ngra qo‘llarini yoyib, tribunalarga qarata: «Mendan nima istaysizlar?», - degan edi.

«Iskoni tushunaman. Hissiyotga to‘la bunday o‘yinda futbolchi o‘zini yo‘qotib qo‘yishi oson.

Ammo, Isko o‘yindan so‘ng, muxlislar oldiga chiqib uzr so‘ramagani yomon bo‘ldi», – deb Valdano so‘zlarini keltirmoqda AS.

Mavzuga oid
Top