Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov  bugun 21 yanvar kuni Madridda argentinalik sobiq futbolçi, 1986 yilgi jahon çempioni Xorxe Valdano bilan uçraşdi. Bu haqda ÖFF matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaga köra, uçraşuv davomida Umid Ahmadjonov Xorxe Valdano bilan Özbekistonda malakali futbol murabbiylarini tayyorlaş böyiça yangi tizimni yaratiş, bolalar va ösmirlar futbol murabbiylarining saviyasini oşiriş masalalari böyiça fikr almaşildi.

Ma'lumot uçun, Xorxe Valdano öz vaqtida «Valensiya», «Real» Madrid kabi klublarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Şuningdek,  bir muddat «Real» Madrid klubi boş direktori sifatida ham iş olib borgan.

Foto: the-uff.com