Jahon | 08:34 / 14.12.2018
6798
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Trampning inauguratsiya qo‘mitasiga qarshi tergov boshlandi

Foto: REUTERS

Federal prokurorlar AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiya qo‘mitasi xarajatlariga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlashdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prokurorlar 2017 yilda Tramp inauguratsiya qo‘mitasining sarf-xarajatlarini o‘rganishmoqda. Tergov taxminiga ko‘ra, o‘tgan yili qo‘mita maqsadsiz ehtiyojlar uchun xayriyadan olingan 107 million dollar miqdoridagi mablag‘ni sarflagan bo‘lishi mumkin. Xususan, tergovchilar Trampning asosiy donorlari siyosiy imtiyozlar yoki mansabdor shaxslarga ta'sir o‘tkazish imkoni evaziga xayriya pullarini taqdim etishgani borasidagi variantni tekshirishmoqda.

Gazetadan qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda tergov dastlabki bosqichda turibdi. Siyosiy xizmatlar evaziga pul mablag‘larini taqdim etish korrupsiya to‘g‘risidagi federal qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp jiddiy xavotirga tushib qolgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid