Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Tramp jiddiy xavotirga tushib qoldi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, impichment «haqiqatan ham yuz berishi mumkin». Bu haqda CNN manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp maslahatchilari bilan suhbatda o‘ziga impichment e'lon qilinishi bo‘yicha ehtimoliy holat yuzasidan tashvishda ekanini bildirgan.
Qayd etilishicha, AQSh prezidentining fikricha, bu kongress demokratlar nazorati ostiga o‘tganidan keyin sodir bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, impichment uchun Trampning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish qoidalari buzilishiga «aloqador ekani» sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti sobiq advokati Maykl Koenning ko‘rsatmalari tufayli Trampga impichment e'lon qilish masalasi yana avj olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi
21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi
15:15 / 06.04.2025
Amerikalik kongressmen Trampga impichment e’lon qilish bo‘yicha da’vo kiritishga va’da berdi
20:01 / 02.04.2025