Jahon | 07:52 / 14.12.2018
4054
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Brexit shartlarini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortdi

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi Brexit bo‘yicha erishilgan kelishuvni Buyuk Britaniyaga tushuntirishga tayyor, biroq uni qayta ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi sammiti natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.

“Biz kelishilganlarga ba'zi tushuntirishlarni qo‘shishimiz mumkin. Biroq kelishuv qayta ko‘rib chiqilmaydi”, deb aytgan Yunker.

13 dekabrda Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilarining dastlab Britaniya bilan 28 ta davlat formatidagi, keyin esa Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ishtirokisiz sammiti bo‘lib o‘tdi.

London va Bryussel oktabrda ko‘p sonli muzokaralardan keyin Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi shartlarini belgilovchi kelishuv matni bo‘yicha kelishib olishgandi.

Kelishuvda aytilishicha, yaxshiroq kelishuvga erishilmasa, Shimoliy Irlandiya ham Birlashgan Qirollik, ham Yevropa Ittifoqi bojxona hududlari tarkibiga kiruvchi alohida hududga aylanadi. Ya'ni Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Shimoliy Irlandiya uchun maxsus bojxona qonunchiligi bo‘yicha kelishishi hamda tovarlar harakati ustidan nazoratni birgalikda amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya Shimoliy Irlandiyadan qirollikning boshqa hududlariga yetkaziluvchi tovarlarni tekshirishiga to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid