19:45 / 15.12.2018
4033

APL 17-tur o‘yinlari «Manchester Siti» g‘alabasi bilan boshlandi

Angliya Premer-Ligasida 17-tur o‘yinlari start oldi.

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Everton» bilan bellashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Braziliyalik hujumchi Gabriel Jyezus 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Siti» 44 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi, «Everton» esa 24 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.    

APL, 17-tur
Manchester Siti – Everton 3:1 

Gollar: 1:0 – 22 Gabriel Jyezus, 2:0 – 50 Gabriel Jyezus, 2:1 – 65 Kelvert-Lyuin, 3:1 – 69 Sterling. 
Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Gyundogan, Fernandino, Marez (de Bryuyne, 75), Bernardu Silva, Sane (Sterling, 66), Gabriel Jyezus.
Everton – Pikford, Kin, Zuma, Din, Mina, Bernard (Lukman, 57), Andre Gomesh, Risharlison, Sigurdsson (Devis, 81), Koulmen (Uolkott, 57), Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar: Din (19), Delf (76), Kelvert-Lyuin (76).

Mavzuga oid
Top