Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya yadrosizlanishdan batamom voz kechishi mumkinligidan ogohlantirdi
Shimoliy Koreya AQShning Pxenyanga qarshi siyosiy va iqtisodiy bosimni kuchaytirayotganini qoraladi va Koreya yarimorolini yadrosizlash bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlardan batamom voz kechishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi huzuridagi AQSh ishlari instituti izohida aytilgan.
“Agar AQSh ma'muriyatidagi yuqori lavozimli shaxslar sanksiyalar jadalligini oshirish, bosim o‘tkazish va inson huquqlari atrofida shov-shuv ko‘tarish yo‘li bilan bizni yadroviy quroldan voz kechishga majbur qilmoqchi bo‘lsalar, unda bundan kattaroq xato yo‘qdir. Aksincha, bu hech kimga nomaqbul bo‘lgan natija – Koreya yarimorolini yadrosizlashga yo‘lni batamom yopishga olib keladi”, deb aytilgan izohda.
Ta'kidlanishicha, amerikalik yuqori lavozimli siyosatchilar AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining Singapurdagi uchrashuvidan keyin o‘tgan 6 oy davomida deyarli har kuni Shimoliy Koreya nomiga haqoratli so‘zlar aytib kelmoqda. Bundan tashqari, Vashington shu vaqt ichida Shimoliy Koreya kompaniyalari va shaxslariga qarshi 8 marcha yangi sanksiyalar kiritgan.
Izoh mualliflarining fikricha, AQSh davlat departamenti shu harakatlari bilan Shimoliy Koreya-AQSh munosabatlarini avvalgi yildagidek keskin ko‘rinishga qaytarishga urinmoqda.
“AQSh Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazish natija bermasligini nihoyat tushunishi lozim va ikki davlat yetakchilarining Singapurdagi qo‘shma bayonotini bajarishga samimiy yondashishi lozim”, deb aytilgan izohda.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026