Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar diqqatiga: mahsulotingizni sotish va elga tanitish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
25 - 27 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «O‘zko‘rgazmasavdo» majmuida «Non va qandolat mahsulotlari bayrami – 2018» savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Yarmarkada poytaxt aholisi va mehmonlari uchun bayram dasturxoniga kerak bo‘ladigan keng miqyosdagi iste'mol mahsulotlari savdosi tashkillashtiriladi, jumladan:
- turli xil non va non mahsulotlari;
- qandolat mahsulotlari (shirinlik, shokolad, tort, murabbo, jyem, marmelad, pechene va boshqalar);
- sabzavot va mevalar (mandarin, apelsin va boshqa sitrus mevalar, shuningdek serquyosh yurtimizning turli xil mevalari);
- ichimliklar, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan turli sok va sharbatlar;
go‘sht mahsulotlari (kolbasa, go‘sht ruletlari, qazi va boshqalar);
- baliq va dengiz mahsulotlari (tirik va dudlangan baliqlar, ikra va boshqalar);
- sut mahsulotlari;
- konservalar, tuzlamalar;
- yangi yil o‘yinchoqlari va boshqalar.

Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji narxda yetkazib beruvchi korxonalarni o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishlari uchun taklif qilamiz. Yarmarkaga yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, restoran, to‘yxona va mehmonxona biznesi menejyerlari, shuningdek ko‘rgazma ishtirokchilari bilan mahsulotni yetkazib berish, shu jumladan, korporativ tadbirlari uchun shartnoma tuzish niyatida bo‘lganlar taklif etiladi.
Yarmarka faoliyati 8 dan ortiq telekanallar, gazeta va jurnallar, internet nashrlar orqali yoritib boriladi.
Mahsulotingizni sotish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Sizlarni pavilonimizda kutib qolamiz!

Tashkiliy qo‘mita
Telefon: +99895-342-22-32, +99899-495-66-63
Telegram kanalimiz: t.me/uzexposervice
e-mail: [email protected]
Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 41
Mo‘ljal: metroning «Beruniy» bekati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:59 / 03.03.2020
Toshkentda muz sporti va savdo obektlari majmuasi quriladi
17:01 / 15.11.2018
«Kuz ne'matlari – 2018» meva-sabzavot yarmarkasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlar uchun imkoniyatlar manbai
15:19 / 01.11.2016