Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat körsatiş obektlari majmuasini quriş işlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Toşkent şahar hokimligi, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:
a) Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Beruniy şohköçasi, 41-uy manzilida joylaşgan “Özkörgazmasavdo” MÇJ, “Alpomiş savdo qatorlari” MÇJ va “Özçarmsanoati” uyuşmasiga operativ boşqaruv huquqi asosida tegişli bölgan bino va inşootlarni Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga operativ boşqaruv huquqi asosida beriş;
b) “Özkörgazmasavdo” MÇJning tegişli mol-mulklari va boşqa vositalari, şuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlari bilan birgalikda (köçmas mulk obektlari bundan mustasno), “Özagroeksport” AJga qöşiş hamda “Özagroeksport” AJ ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat uluşini Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga operativ boşqaruv huquqi asosida ötkazilayotgan köçmas mulk obektlarining qoldiq (balans) qiymatiga kamaytiriş;
v) bino va inşootlar joylaşgan hududda qişki sport turlari (figurali uçiş, şort-trek, kyorling va boşqa sport turlari) böyiça musobaqalar ötkaziş, körgazma hamda forumlar taşkil etişga möljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat körsatiş va ta'lim muassasalari obektlari majmuasini barpo etiş loyihasini amalga oşiriş uçun “nol” xarid qiymatida “New Universal Development” MÇJga töğridan-töğri sotiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça, investor quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarişni öz zimmasiga oladi:
bino va inşootlar joylaşgan yer uçastkalari olib qöyilişi va xususiy mulkdorlarga tegişli savdo dökonlari buzilişi natijasida yetkaziladigan zararlarni örnatilgan tartibda töliq qoplaş;
bino va inşootlar negizida va unga tutaş hududlarda qişki sport turlari (figurali uçiş, şort-trek, kyorling va boşqa sport turlari) böyiça musobaqalar ötkaziş, körgazma hamda forumlar taşkil etişga möljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat körsatiş va ta'lim muassasalari obektlari majmuasini barpo etib, töliq işga tuşiriş uçun kamida 100,0 mlrd. söm miqdorida investitsiya kiritiş;
kamida 120 ta yangi iş örinlarini yaratiş.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Toşkent şahar hokimligi:
“Özkörgazmasavdo” MÇJ bilan birgalikda qayd etilgan mol-mulk hamda bino va inşootlar böyiça topşiriş-qabul qiliş işlarini amalga oşirilişini;
bino va inşootlar belgilangan tartibda Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga topşirilgandan söng, belgilangan şartlar asosida investor bilan bino va inşootlarni “nol” xarid qiymatida sotiş böyiça oldi-sotdi şartnomasi tuzilişini hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilişi yuzasidan monitoring olib borilişini;
“Özkörgazmasavdo” MÇJni örnatilgan tartibda “Özagroeksport” AJga qöşilişini hamda “Özagroeksport” AJning ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat uluşini Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkazilayotgan bino va inşootlarning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirişini ta'minlaydi.
Belgilanişiça:
nazarda tutilgan xususiy mulkdorlarga tegişli savdo dökonlari buzilişi natijasida yetkaziladigan zararlarni qoplab beriş Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uçastkalari olib qöyilişi va olib qöyilayotgan yer uçastkasida joylaşgan köçmas mulk obektlari mulkdorlariga kompensatsiya beriş tartibi töğrisidagi nizomga asosan investor tomonidan amalga oşiriladi;
qayta taşkil etilayotgan “Özkörgazmasavdo” MÇJning uluşlarini “Özagroeksport” AJga qöşilişi munosabati bilan nominal qiymatda konvertatsiya qilinadi;
qişki sport turlari (figurali uçiş, şort-trek, kyorling va boşqa) böyiça musobaqalar ötkaziş, körgazmalar hamda forumlar taşkil etişga möljallangan zamonaviy muz saroyini taşkil qiliş 2020 yil 1 sentyabrga qadar;
zamonaviy savdo va xizmat körsatiş, ta'lim muassasalari obektlarini quriş işlarini 2021 yil 1 iyuliga qadar yakunlanadi;
istisno tariqasida investor tomonidan quriliş işlari bilan bir vaqtda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqişga ruxsat beriladi.












