Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp muhim farmonni imzolashga tayyorlanmoqda. AQShda kosmik qo‘mondonlik paydo bo‘ladi
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida kosmik qo‘shinlar qo‘mondonligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolashi mumkin. Bu haqda Associated Press agentligi amerikalik amaldorlarga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlikning ta'kidlashicha, Tramp tegishli farmonni yil oxirigacha imzolash niyatida, biroq bu shu haftadayoq yuz berishi mumkin - 18 dekabrda. Amerikalik ikki amaldorning so‘zlariga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Mayk Penc Florida shtati, Kanaveral burunidagi Kennedi kosmik markazida tegishli bayonot beradi. Ta'kidlanishicha, bu buyruq Tramp avval e'lon qilganidek, AQSh qurolli kuchlari tarkibida kosmik kuchlar alohida tarmoq sifatida tashkil etilishini anglatmaydi, ammo yo‘nalishdagi aniq qadam hisoblanadi.
AP’ning qayd etishicha, bu qadam uzoq va murakkab jarayonni boshlaydi, u Pentagondan turli kosmik bo‘linmalar hamda barcha harbiy xizmatlardan agentliklarni nisbatan muvofiqlashgan va mustaqil tashkilotga birlashtirishni talab qiladi.
AQShning mavjud kosmik qo‘mondonligi yangi tuzilmaga kiradi, u AQSh kiberqo‘mondonligi kabi maqomga ega bo‘ladi, deya ta'kidlanadi materialda.
Yangi tuzilma aslida 1985 yildan 2002 yilgacha mavjud bo‘lgan AQSh kosmik qo‘mondonligini qayta yaratadi, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan agentlik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Pentagonga 750 milliard dollar ajratishga rozi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026