Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Falastin-Isroil muammosini hal qilish bo‘yicha yangi rejasini e'lon qildi
Foto: AP Photo/Andrew Harnik
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli AQSh ma'muriyati Falastin-Isroil muammosini hal qilishning avvalgilaridan farq qiluvchi yangi rejasini ishlab chiqqanini ma'lum qildi. Xeyli bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining bu masala bo‘yicha yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Hozir haqiqatni qabul qilish vaqti keldi – ikki tomon ham tinchlik sulhidan yutgan bo‘lardi. Biroq falastinliklar ko‘proq yutgan bo‘lardilar, Isroil esa tavakkal qilmoqda. Aynan shu o‘y bilan AQSh ma'muriyati isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida tinchlik sulhi bo‘yicha o‘z rejasini ishlab chiqdi”, deb aytgan Xeyli.
AQSh doimiy vakilining aytishicha, u hujjat bilan tanishib chiqqan.
“Unda ikki tomonga ham yoqadigan va biror tomonga yoqmaydigan jihatlar bor”, deb qo‘shimcha qilgan Xeyli. Uning aytishicha, har bir davlat o‘z tanlovini amalga oshiradi, ya'ni e'tiborini unga to‘g‘ri kelmaydigan jihatlarga qaratib, rejani rad etadi yoki rejaning maqbul jihatlariga e'tibor qaratib, u bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.
Xeylining ta'kidlashicha, yakuniy qarorni falastinliklar va isroilliklar qabul qilishi kerak.
Mavzuga oid
22:08 / 05.02.2026
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
21:33 / 05.02.2026
«Epshteyn ishi»ning 5 ta muhim oqibati: nega bu ish hali tinchimasligi haqida
19:02 / 05.02.2026
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27 / 05.02.2026