Jahon | 07:28 / 20.12.2018
4391
2 daqiqa o‘qiladi

Eronlik diplomatlar terakt sodir etmoqchi bo‘lgani uchun Albaniyadan chiqarib yuborildi – OAV

Foto: Shutterstock

Albaniyadan 2016 yilda futbol bo‘yicha Isroil terma jamoasiga qarshi terakt tayyorlashdagi ishtiroki uchun 2 eronlik diplomat chiqarib yuborildi. Bu haqda Top Channel alban telekanali o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Albaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida diplomatlar Albaniya xavfsizligiga tahdid  tug‘dirishda gumon qilinganlari, ularni chiqarib yuborish qaroriga esa “ittifoqdosh davlatlar bilan maslahatlashuvlar” ta'sir qilgani aytilgan.  
 
Telekanalning ma'lum qilishicha, eronliklar 2016 yilda Albaniyaning Shkoder shahrida isroilliklarga qarshi teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinmoqdalar. Bu shaharda 2018 yilgi jahon chempionatining Albaniya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi saralash uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.  

Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Albaniya Eron elchisini chiqarib yuborayotganini ma'lum qilgan. Biroq Albaniyaning rasmiy manbalari hozircha chiqarib yuborilganlarning na nomlarini, na lavozimlarini e'lon qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid