Jahon | 08:38 / 20.12.2018
13082
2 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy AQShning Yaqin Sharqdagi siyosiy diktati davri poyoniga yetganini aytdi

Foto: Iranian Presidency Office via AP

AQShning Yaqin Sharqdagi diktati davri poyoniga yetdi, Vashington Yaqin Sharq mintaqasida boshqa o‘z amrini o‘tkazishga qodirmas. Bunday fikrni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronda Turkiyaga safarga ketishidan oldin aytib o‘tdi.

“Bizning aksariyat qo‘shnilar, jumladan Turkiya Amerikaga AQShning siyosiy diktati davri poyoniga yetganinini bildirib qo‘ydi. Vashington o‘zidan ming kilometr olisda bo‘lgan mintaqada boshqa o‘z amrini o‘tkazishga qodir emas”, deb aytgan Ruhoniy. 

Eron prezidentining aytishicha, Tehron Turkiyani “mintaqadagi do‘stona va obro‘li ishtirokchi” sifatida qabul qiladi. “Oxirgi oylarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShning Eronga qarshi sanksiyaviy fitnasiga qarshi qat'iy va konstruktiv pozitsiyani egalladi”, deb qo‘shimcha qilgan Ruhoniy. 

Eron prezidenti “Turkiyaga safari davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tishini” ta'kidlab o‘tgan. Jumladan, uning aytishicha, iqtisodiy, xususan, savdo, bank va energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.   

Ruhoniy Turkiya prezidenti taklifi bilan 19 dekabrda Turkiyaga ikki kunlik rasmiy safar bilan jo‘nadi. Ruhoniyning Turkiyaga tashrifining asosiy vazifalaridan biri Eron va Turkiya o‘rtasida oliy darajadagi hamkorlik kengashining 5-yig‘ilishini o‘tkazishdan iborat.   

Mavzuga oid