Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Turkiston – Amerika assotsiatsiyasi» prezidenti Abdulla Xo‘jani orden bilan mukofotladi
2018 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobov Turkiston — Amerika uyushmasi prezidenti Abdulla Xo‘jaga “Do‘stlik" ordenini topshirdi, deb xabar bermoqda TIV.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 dekabr kuni Abdulla Xo‘jani milliy qadriyatlar hamda an'analarni avaylash, AQShdagi vatandoshlarni jipslashtirish, O‘zbekiston va Amerika xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi fidokorona xizmatlari uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlashga oid farmonni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentabr oyida Nyu-Yorkka va joriy yilning may oyida AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida Amerikada yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan munosabatlarning bugungi kunda davlat siyosatida o‘ta muhim ahamiyat kasb etayotganligini ko‘rsatdi.
Turkiston — Amerika uyushmasi 1958 yili Filadelfiya shahrida AQSh va Kanada davlatlaridagi Markaziy osiyolik muhojirlarni birlashtirgan ilk va to‘laqonli uyushmalardan biri sifatida tashkil etilgan.
Bugungi kunda Turkiston — Amerika uyushmasi a'zolarining 80 foizidan ko‘prog‘i AQSh va Kanadada istiqomat qilayotgan vatandoshlardir.
Uyushma prezidenti Abdulla Xo‘ja AQSh fuqarosi, ota-onasi asli o‘zbekistonlik, XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar tufayli avval Afg‘onistonga, so‘ngra AQShga ko‘chib borishgan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026