Jahon | 09:09 / 21.12.2018
15044
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Afg‘onistondagi operatsiyani xato deb atadi 

Foto: europarl.europa.eu

AQShning Afg‘onistondagi harbiy operatsiyasi xato bo‘lgan, uning yordamida qo‘yilgan vazifalarga erishilmagan. Shu sababli qo‘shinlarning Suriyadagi kabi Afg‘onistondan olib chiqilishi qarori o‘z vaqtida qabul qilinmoqda. Bunday fikrni AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jon Xerbst bildirdi.

Xerbst AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bushning siyosati va Iroqdagi urushni “rasvochilik”, Afg‘onistondagi operatsiyani esa “jiddiy xato” deb atagan.

Xerbstning fikricha, AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqqandan keyin zarurat bo‘yicha aviazarbalar berishi hamda Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘ladi. Diplomatning ta'kidlashicha, Afg‘oniston hukumati AQSh qo‘shinlari bor bo‘lgan hozirgi vaziyatda ham toliblarga qarshi yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmayapti.   
 
Xerbst shu sabablarga ko‘ra Donald Trampning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish qarorini ham qo‘llab-quvvatladi.

Ma'lum qilinishicha, AQSh ma'muriyati bir necha hafta ichida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni boshlashi mumkin. 19 dekabrda Tramp AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishini e'lon qilgandi.   

Xerbst 2000-2003 yillar davomida AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimini egallangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid