Jahon | 08:35 / 21.12.2018
5555
1 daqiqa o‘qiladi

Nissan sobiq rahbari yana hibsga olindi

Foto: REUTERS

Yaponiya prokuraturasi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonni takroran hibsga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Gon og‘irlashtiradigan holatlarda ishonchni buzgani uchun hibsga olingan, shu tariqa, u yana 10 kun qamoqda saqlanishi mumkin.

Avvalroq, Tokio sudi Gonni hibsga olish muddatini uzaytirmaslik to‘g‘risidagi qarorni o‘zgartirishsiz qoldirgani xabar berilgandi.

Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashladi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilindi. Tergovga ko‘ra, top-menejyer deklaratsiyalarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z ish haqi miqdorini ataylab kamaytirib ko‘rsatgan. 

Keyinchalik, 10 dekabr kuni, u o‘sha ayblov bo‘yicha takroran hibs qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Nissan sobiq rahbariga ayblov qo‘yilgandi.

Mavzuga oid