Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sporti yana bir chetlatilish xavfi ostida qoldi
Rossiya antidoping agentligi bosh direktori (RUSADA) Yuriy Ganusning aytishicha, Rossiya Jahon antidoping agentligi (WADA) vakillarini Moskvadagi laboratoriyaga kiritmaganligi sababli xalqaro musobaqalar o‘tkazish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, WADA a'zolari ularning uskunalari Rossiya qonunchiligiga muvofiq sertifikatlashtirilmaganligi bois laboratoriyaga kiritilmagan. Rossiya tomoni bu muammoni 31 dekabrgacha hal qilishi lozim.
Agarda WADA belgilangan muddatda laboratoriyaga kirishga ruxsat olmasa, RUSADA faoliyati bekor qilinadi. Bu holda Rossiya xalqaro musobaqalarni qabul qilish huquqidan mahrum etiladi, rossiyalik sportchilarga esa xorijda chiqishlar qilish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, doping mojarosi sababli Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida rossiyalik sportchilar neytral bayroq ostida qatnashishgandi.
Mavzuga oid
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:06 / 03.07.2026