Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori vazifasini bajaruvçi Komiljon Allamjonovga oçiq xat

Jurnalistika sohasida yigirma yildan ortiq işladim. Yozmagan, örganmagan, kötarmagan mavzum qolmadi. Topganlarimdan yöqotganlarim köp böldi. Ammo har qanday vaziyatda ham kasbimni yaxşi köraman.

Yangi yilga sanoqli kunlar qoldi. Eski yilni tugatiş arafasida ğalvirni suvdan kötaramiz. Öz-özimizga hisob beramiz. Qilgan ba'zi işlarimizdan könglimiz töladi, ba'zilaridan tölmaydi, ulgurolmaganlarimizni kelgusi yilga qoldiramiz.

Har sohada özgarişlar, har sohada yangiliklar... ba'zida şoşib qolayapmiz. Jurnalistlarning şart-şaroiti yaxşilanişi haqidagi gaplarga ham bir yildan oşdi. Ozroq natijalarga erişgandekmiz. Erkin söz, erkin fikr aytiş huquqi berildi. Şart-şaroitimiz, obuna muammolaridan ham köra, erkin fikrimiz erkin yuzaga çiqayotganidan köproq xursandmiz. Ammo bugun jurnalistikamizning ahvoli qay darajada? Bizga qanday jurnalistika kerak?

Bizga yaxşi jurnalistlarni talaşadigan, «mana bu maqolani yozib bering, sizga boşqalardan köproq pul tölayman», deb savdolaşadigan jurnalistika kerak.

«Rim ta'tillari» haqidagi kinoni eslab köraylik-a? Malikaning hayoti haqidagi maqola uçun muharrirning muxbir bilan suhbati epizodi. Albatta moddiy ahvoli yaxşi bölmagan ommaviy axborot vositalari yaxşi jurnalistdan hadeb maqola söraşga istihola qiladi-da. «Bizga şu mavzuni yozib bering», deb söray desa moddiy ahvol çatoq, şu bois til qisiq. Baribir hamkasblarimning bağrikeng. Maqolasi çiqqaniga xursand. Yaxşi maqola yozsangu qalam haqi olmasang ham çiqqaniga xursand bölib yuraverasan. Bu bizning beqadrligimizni körsatmaydimi? Ba'zida gazetalar maqola sörasa, «qalam haqi berolmaymiz-da opa», degan ming istihola bilan aytadigan gaplarini eşitmaslik uçun ham darrov rozi bölib qöya qolaman. Çunki ularni tuşunaman. Bizga muharrirlari istagan muxbirga istagan mavzuda boşini baland kötarib buyurtma berişi uçun moddiy tomondan qöllab- quvvatlangan jurnalistika kerak.

Çegaralarni buzib yaxşi bir maqola yozganingda, çegarani buzib öşa yaxşi maqolangni tezda sahifaga qöyib yuboradigan muharrirlari bor, sen çegarani buzib yozgan, rahbaring çegarani buzib qöygan maqola uçun qayerlargadir javob berişiga töğri kelganida seni himoya qiladigan, qöllab-quvvatlaydigan, hatto qölingga kişan urilsa olib qola oladigan uyuşmasi bor jurnalistika kerak bizga.

Nimaga har bir tahririyatda nari borsa ikki yoki uç nafargina yaxşi jurnalist böladi. Qolganlar-çi, ular nega özini körsatmaydi? Agar mana şu iqtidori bor ikki uç nafar jurnalist «erkalatilsa», rağbatlantirilsa, nohaqlikka uçramasa, yaxşi yozgan maqolalari uçun boşqalarga örnak qilinsa ularning ham qalbidagi çöğ alanga oladi. Atrofidagi yuragi öt hamkasbining alal-oqibat heç narsaga erişmayotganini körgan boşqalar albatta hafsalasiz bölib qoladi-da. Bizga muxbir biror maqola ustida stolni muştlab muharriri bilan tortişib qolsa-da, muharriri uni qöyib yubormaydigan jurnalistika kerak.