Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi yig‘ilishidagi chiqishida sud tizimini tanqid qilib, jurnalistlar himoyasi yo‘qligi haqida gapirdi.

Foto: AFP/Getty Images
«Bugun men sud tizimi keragidek ishlagani uchun ozodlikda emasman. Men bugun ko‘p yillik hibsdan keyin jurnalistik faoliyatda o‘zimni aybdor deb tan olganim uchun ozodlikdaman», — deydi Assanj.
Uning ta’kidlashicha, jurnalistika — jinoyat emas, balki ozod va axborotlashgan jamiyatning asosi. «Men qonunga ishonadigan darajada sodda edim. Gap ish haqida ketganida, qonun — qog‘oz parchasi xolos va uni siyosiy maqsadlardan kelib chiqib, turlicha talqin qilish mumkin», — deydi WikiLeaks asoschisi.
Uning fikricha, hozirda so‘z erkinligi «qorong‘i yo‘lda nima qilishini bilmayapti». «Asosiy chaqiriq aniq. Jurnalistlarni o‘z ishini qilgani uchun ta’qib etmaslik zarur. Barchamiz ozodlik yog‘dusi o‘chib qolmasligi, haqiqatni izlash davom etishi va ko‘pchilikning ovozi ozchilik manfaati yo‘lida o‘chirilmasligi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak».
Assanj 175 yilga qamalishi mumkin edi
Julian Assanj 24 iyun kuni 5 yil o‘tirgan Londonning «Belmarsh» qattiq tartibli qamoqxonasini tark etgandi. Jurnalist AQSh Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishgach, qo‘yib yuborilgan.
Qo‘shma Shtatlarda Assanjga «AQSh tarixida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish bo‘yicha eng yirik ish bilan bog‘liq jinoyatlar» yuzasidan 17 ta ayblov qo‘yilgan. Gap 2010 yildan beri AQShning harbiy va diplomatik faoliyatiga oid 700 mingga yaqin maxfiy hujjatlar oshkor etilgani haqida bormoqda. Hujjatlarda AQShning Iroq va Afg‘onistondagi harbiy harakatlari, jumladan, tinch aholi o‘ldirilishi va amerikalik harbiylarning mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabati haqida ma’lumotlar bor. Jurnalist 175 yilga qamalishi mumkin edi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

19:36 / 26.06.2025
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi

10:05 / 02.05.2025