Jahon | 15:42 / 24.12.2018
16534
2 daqiqa o‘qiladi

2 hafta ichida Rossiya, Xitoy va O‘zbekistondan 250 tonnadan ziyod mahsulot Qozog‘istonga kiritilmadi

Foto: RIA Novosti

2 hafta ichida Rossiya, Xitoy va O‘zbekistondan 250 tonnadan ziyod mahsulot Qozog‘istonga kiritilmadi.

Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 1 dekabrdan 14 dekabrgacha Aqto‘be, G‘arbiy Qozog‘iston, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston, Sharqiy Qozog‘iston, Olmaota va Turkiston oblastlarida o‘simliklar karantini bo‘yicha tuman hududiy inspeksiyalari davlat inspektorlari uch davlatdan yuqori fitosanitar xavfga ega o‘simlik mahsulotlarini noqonuniy ravishda olib kirish bilan bog‘liq 90ta urinishga chek qo‘yishdi.

Xususan, fitosanitar karantin nazoratini amalga oshirishda quyidagi mahsulotlarni fitosanitar sertifikatsiz olib kirish holatlari aniqlandi: ozuqa - 1,3 tonna, banan - 2,5 tonna, sarimsoq - 1 tonna, bug‘doy - 51 tonna, yong‘oq - 1,05 tonna, quritilgan mevalar - 1 tonna, un - 21,25 tonna, bug‘doy kepagi - 20 tonna, kungaboqar - 100 tonna, kartoshka - 40 tonna, kunjara - 14,26 tonna, bodring - 0,5 tonna, yog‘och materiallari - 58,5 kubometr, loviya - 3 tonna.

O‘simlik karantini sohasida qonunchilik talablariga muvofiq, ushbu mahsulotlarni Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan. Yuklar jo‘natuvchilarga qaytarildi, aybdor shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid