Arxeologlar folkton dömbiralari - yoşi 4-4,6 ming yil bölgan qadimiy toş silindrlar nima maqsadda xizmat qilganini aniqladilar. Ma'lum bölişiça, zamonaviy Angliya şimolida yaşagan qabilalar ulardan megalitik inşootlar, jumladan, Stounxenjni quriş uçun ölçov asboblari sifatida foydalanişgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
1889 yilda bolalar qabridan topilgan silindrlar murakkab öyma naqşlar bilan bezalgan bölib, öşandan beri bir neça bor örganildi. Ammo, tadqiqotçilar endigina bu artefaktlardan nima maqsadda foydalanilganini aniqlaşdi. Olimlar har bir dömbiraning atrofini ölçaşdi hamda agar katta silindr arqon bilan yetti marta öralsa, u holda ölçangan uzunlik 3.22 metrga teng bölişini bilib olişdi. Agar örtaça silindr sakkiz marta yoki eng kiçkinasi 10 marta öralsa ham, xuddi şu son paydo böladi.
Arxeologlarning sözlariga köra, silindrlar Stounxenjda trilitlar - biri boşqa ikkitasining ustida turadigan, uçta toşdan iborat inşootni qurişda foydali bölgan bölişi mumkin. Qadimiy odamlar folkton dömbiralari atrofida arqon örab yoki artefaktlarni yerda aylantirib, kerakli uzunlikni ölçaşgan. Bu ularga bir xil balandlikdagi katta toşlardan quriliş uçun foydalaniş imkonini bergan. Hozirgi kunda bularning barçasi ölçov asboblarisiz, taxminan qilingan, deb hisoblanmoqda.












