Jahon | 00:40 / 25.12.2018
9435
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp ittifoqdoshlarni hurmat qilmasligi haqidagi tanqidlarga javob berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp nima uchun uni ittifoqdoshlarni hurmat qilmaslikda ayblashlariga izoh berdi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

“Menga boshqa davlatlar bilan sheriklik yoqmaydi yoki uni qadrlamaydi, deb o‘ylaydigan senatorlar yanglishadilar, MeN QADRLAYMAN”, deb yozgan Tramp.

AQSh rahbarining ta'kidlashicha, unga Vashington “butun dunyo bo‘ylab juda boy davlatlarning qurolli kuchlarini muntazam qo‘llab-quvvatlashi, bu davlatlar esa AQSh va uning soliq to‘lovchilari pullaridan foydalanishlari” yoqmaydi. “General Mettis bu muammolarni ko‘rmagan. MeN ESA KO‘RAMAN va bartaraf etaman”, deb davom ettirgan Tramp. 

U Barak Obama prezidentligi vaqtida “1,8 mlrd dollar naqd pul ortilgan samolyotlar Eronga yadroviy dasturni qo‘llab-quvvatlash uchun jo‘natilganini” eslatib o‘tgan.

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis iste'foga ketishi haqida Trampga yo‘llagan maktubida AQSh prezidenti Vashingtonning ittifoqdoshlariga ko‘proq hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerakligini uqdirgan. 

Mavzuga oid