11:02 / 26.12.2018
9805
Reklama

korzinka.uz 30 dekabrdan 31 dekabrga o‘tar kechasi tundan tonggacha ishlaydi

30 dekabrdan 31 dekabrga o‘tar kechasi korzinka.uz supermarketlari tundan tonggacha ishlaydi. Bu haqda tarmoqning Instagram sahifasida xabar qilindi.

Xaridorlar butun tun davomida yangi yil bayrami dasturxoni uchun kerakli mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega. Buning ustiga, 20 dekabrdan 2019 yilning 9 yanvarigacha korzinka.uz supermarketlarida (DISKONTlardan tashqari) eng yaxshi chegirma va aksiyalar katalogi amal qilmoqda.

·     Aktsiyada korzinka.uz: Olmaliq, Aviator va Al-Xorazmiy supermarketlaridan tashqari barcha korzinka.uz supermarketlari ishtirok etadi.

·     korzinka.uz DISKONT Oloy, Qo‘qon, Asaka, Urgut, Buxoro-2 supermarketlaridan tashqari barcha DISKONT supermarketlari ishtirok etishadi.

Mijozlar batafsil ma'lumot bilan kompaniyaning rasmiy saytida tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, xaridorlar endi Payme va Click to‘lov tizimlari orqali ham xarid uchun to‘lov qilishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top