20:18 / 26.12.2018
21423

Saloh «Liverpul»ni tark etish bilan tahdid qildi

Foto: Getty Images

«Liverpul» klubi «Zaltsburg»ning isroillik hujumchisi Munas Dabbur xizmatiga qiziqish bildiryapti, bu esa Muhammad Salohga yoqmayapti, deb yozmoqda Isroil matbuoti.

AS xabariga ko‘ra, agar «Liverpul» isroillik futbolchini olsa, Saloh klubni tark etish bilan tahdid qilgan. Ammo, misrlikning yaqinlari buni inkor qilmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, Misr va Isroil davlatlarining siyosiy aloqalari ko‘p yillardan beri yaxshi emas. Avvalroq, Saloh «Bazel» tarkibida to‘p tepib yurganida, «Makkabi Tel-Aviv» klubi futbolchilari bilan ko‘rishishni istamay, butsasini almashtirgani ketgan edi.

Top