Muhammad Saloh va «Liverpul» baribir ajraladi. 33 yoşli misrlik hujumçi 24 mart kuni keçqurun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan videosida 2025/26 yillar mavsumi yakunida klubni tark etişini e’lon qildi. Biroz ötib mersisaydliklar klubi matbuot xizmati ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

«Bu ehtiros, tarix va ruhdir»

Misrlik futbolçi muxlislarga ta’sirli murojaat yölladi.

«Afsuski, bu kun yetib keldi. Men mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etaman. Men şundan boşlamoqçimanki, bu jamoa, şahar va odamlar hayotimning şunday qismiga aylanişini heç qaçon tasavvur qilmagan edim. «Liverpul» – şunçaki futbol klubi emas. Bu kimgadir tuşuntirib bölmaydigan ehtiros, tarix va ruhdir», – degan Saloh xayrlaşuv nutqi avvalida.

U jamoadoşlari va klub xodimlari töğrisida ham gapirgan.

«Barçaga, ayniqsa, jamoadoşlarimga – sobiq va hozirgilarga, muxlislarga rahmat. Menga körsatgan yordamingiz uçun minnatdorçilik bildirişga söz yetmaydi. Faoliyatimning eng yaxşi davrida yonimda böldingiz va har doim men bilan yelkama-yelka turdingiz», – deya qöşimça qilgan Saloh.

Köp ötmay «Liverpul» ham bu borada rasmiy bayonot berdi: qizillar klubi matbuot xizmati forvard öz qarori haqida imkon qadar ertaroq e’lon qilişni xohlagani aytilgan relizni e’lon qildi.

Şu bilan birga, yaqin vaqtlar içida futbolçi bilan xayrlaşuv uçraşuvi ötkazilişi kutilmayapti.

«Bizni hali oldinda köp öyinlar kutmoqda va  Saloh bor e’tiborini «Liverpul» mavsumni maksimal natija bilan yakunlaşiga qaratgan. Şuning uçun uning merosi va yutuqlarini töliq nişonlaş vaqti keyinroq keladi», – deya qayd etiladi klub saytida.

Faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Muhammad Saloh mersisaydliklar klubi bilan şartnomasini 2025 yil aprelida ikki yilga uzaytirgandi. Ammo misrlik futbolçi bu muddat oxirigaça klubda qolmasligi mavsum örtasidayoq ma’lum bölib ulgurgandi.

Dekabr oyi boşida hujumçi asosiy tarkibdagi örnini boy berib qöydi va ayrim öyinlarda zaxiradan ham maydonga tuşirilmadi. APLning 15- turida «Lids»ga qarşi keçgan uçraşuvda (3:3) ham zaxira örindiğida qolib ketganidan keyin u jurnalistlar qarşisiga çiqdi va öz holati haqida şov-şuvli bayonot berdi. Xususan, jamoa boş murabbiyi Arne Slot bilan orasi buzilganini aytdi.