Mirziyoyev va Erdo‘g‘an o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan xalqlarimizni qizg‘in tabriklab, ko‘p qirrali hamkorlikning istiqbollariga oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Yuqori darajadagi izchil aloqalar, o‘tgan yili kuzda Anqaraga hamda joriy yilning bahorida Toshkentga amalga oshirilgan tarixiy tashriflar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yuqori darajaga olib chiqqani alohida ta'kidlandi.
Siyosiy sohadagi konstruktiv hamkorlik rivojlanmoqda. Parlamentlararo muloqot faollashdi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik kengaymoqda. Eksport va import hajmi yuqori sur'atlar bilan o‘smoqda.
Shahar, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy sanoat korxonalarini barpo etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik rivojlanayotgani, ta'lim va sog‘liqni saqlashda istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan e'tirof etildi.
Suhbat yakunida davlatlar rahbarlari do‘stlik va strategik sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Prezidentlar, shuningdek, yangi 2019 yilda qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladilar.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024