Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birini qizg‘in tabriklab, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va amaliy hamkorlik rivojlanishi natijalarini baholadilar.
Prezidentlar 2018 yil qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash davri bo‘lganini ta'kidladilar.
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi samaralari hamda avgust oyida Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi uchrashuvlarning amaliy natijalari ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklik rivojiga yangi sur'at bag‘ishladi.
Toshkent va Ashxobodda muvaffaqiyatli o‘tgan milliy ko‘rgazma va biznes tadbirlari, Ishbilarmonlar kengashining tashkil etilgani tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuchaytirishga xizmat qildi.
Davlat rahbarlari mintaqaning tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish muhimligini hamda faol hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalar tarafdori ekanliklarini ta'kidladilar.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga tomonlarning intilishi mushtarak ekani qayd etildi.
Suhbat yakunida Prezidentlar yangi – 2019 yilda qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladilar.
Mavzuga oid
16:34 / 11.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024