Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida yetakçilar bir-birlarini muborak Ramazon hayiti va bahoriy Navröz ayyomi munosabati bilan dildan qutlab, ikki mamlakatning qardoş xalqlariga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.

Özbekiston rahbari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham samimiy tabriklarini yölladi.

Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barça darajalarda samarali muloqotlar davom etmoqda. Tovar ayirboşlaş hajmining barqaror ösişi, şu jumladan tayyor mahsulotlarni yetkazib beriş orqali ta’minlanmoqda. Yaqinda işga tuşirilgan “Şovot-Toşhovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham özaro savdoning oşişiga xizmat qilmoqda.

Yuk taşişlar hajmi, şu jumladan Turkmanboşi porti orqali izçil ortib bormoqda. Energetika, sanoat, suv xöjaligi va transportda kooperatsiya kengayib bormoqda, Parlamentlararo, hududlararo, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Yaqin Şarq va Janubiy Osiyoda yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almaşdilar. Barqaror tinçlikka erişişning yagona yöli vaziyatni siyosiy-diplomatik çoralar bilan hal etiş ekani ta’kidlandi.

Joriy yilda közda tutilgan köp va ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.