O‘zbekiston | 11:52 / 31.12.2018
3962
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi ish boshladi

2018 yil 30 dekabrdan Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Ostona shahrida faoliyat yuritishni boshlashi munosabati bilan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab uning konsullik okrugiga Ostona shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari kiradi.

Shuningdek, Oqtov shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ochilguniga qadar 2019 yilning 1 yanvaridan e'tiboran O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish