Tungi navbatçilik majburiymi? Özi bundan kimga foyda?
|20:23 / 31.12.2018113 64011 min
Kun.uz tahririyatiga Toşkent viloyati, Ohangaron şahar hokimi O.Jörayev nomiga yozilgan bildirgi kelib tuşdi. Bildirgida şahar hokimligi tomonidan taşkilotlarga 15 dekabrdan 15 yanvargaça navbatçilik taşkil qiliş topşiriği berilgani va şu topşiriqning 22 dekabrdagi ijrosi şahar hokimligi mas'ullari tomonidan taşkilotlarda tekşirilgani bayon qilingan. Qator taşkilotlarda, masalan, musiqa maktabi, boğça, kollej, ğaznaçilik bölinmasi, pensiya jamğarmasi va h.k.larda, navbatçilik taşkil qilişdagi muammolar aniqlangani bayon qilingan.
Uşbu bildirgi bizni hozirgi maqolani yozişga undadi.
Bayramlar arafasida köplab korxona va taşkilotlarda kunduzgi yoki tungi navbatçiliklar taşkil qiliş yölga qöyilgan. Bundan közlangan maqsad jamoat xavfsizligini saqlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan turli köngilsizliklarning oldini oliş, öz vaqtida bartaraf etiş, şuningdek, bu haqda vakolatli idoralarga tezkorlik bilan xabar beriş, deya baholanadi.
Şu örinda köpçilikda aynan bayramlar arafasidagi navbatçilik böyiça savollar tuğiladi. Şunday savollarga qonun doirasida atrofliça javob berişga harakat qilamiz.
Navbatçilikning qanday turlari bor?
Navbatçilikda turadigan xodimlar asosan 3 toifaga bölinadi:
1-toifa: ştat jadvalida bevosita u egallab turgan lavozimi «navbatçilik» bilan boğliq bölgan xodimlar. Masalan, aeroportdagi navbatçilar, mehmonxona navbatçisi, navbatçi dispetçerlar va h.k. Bunday hollarda ularning navbatçiligi asosiy iş vaqti sifatida baholanadi va haq tölaş ham umumiy tartibda amalga oşiriladi.
2-toifa: mehnat şartnomasida işlab çiqariş zaruriyati hamda u egallab turgan lavozimning xususiyati tufayli asosiy iş vaqtidan taşqari navbatçilikda turiş belgilab qöyilgan xodimlar. Masalan, bu toifaga şifokorlar yaqqol misol böla oladi.
3-toifa: bu aynan biz körib çiqayotgan navbatçilik, ya'ni bayram kunlarida jadval asosida «operativ» taşkil etiladigan bir martalik navbatçilikdir. Uşbu toifadagi navbatçilikning yuqoridagi ikkitasidan asosiy farqi şundaki, bunday «operativ navbatçilik»ka jalb qilingan xodimlar özlarining asosiy funksional vazifalarini bajarişmaydi. Ya'ni, bunday navbatçilik vaqtida öqituvçi dars bermaydi, şifokor davolamaydi, buxgalterlar hisob-kitob qilmaydi, huquqşunoslar hujjatlarning qonuniyligini tekşirmaydi va h.k. Ular şunçaki idorada ma'lum bir soatni ötkazişadi. Yoki kino körişadi, yoki televizor körişadi, yoki kitob öqişadi va h.k. Xullas, belgilangan vaqtda belgilangan joyda turib berişsa böldi.
Mavzuga oid
3-toifaning yana bir farqi şundaki, bayramlar arafasida navbatçilikda qoladigan aksariyat xodimlarning mehnat şartnomasida bunday navbatçilikda qoliş majburiyati belgilanmagan böladi. Ya'ni, aslida ular bunday navbatçilikda turişga majbur bölmaydi.
Şu sababli ham ayrim mutaxassislar bayramlar arafasidagi «operativ navbatçilik»ni iş vaqtidan taşqari iş (Mehnat kodeksi 124-modda) deya hisoblaşmaydi. Çunki xodim bu vaqtda mehnat şartnomasida öziga yuklatilgan vazifani bajarmayaptiku, deyişadi. Ularning fikriça, bunday navbatçilik köproq MK 166-moddasiga töğri keladi, ya'ni iş beruvçi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajariş, deya baholanadi.
Navbatçilik taşkil qilişdagi muammolar
Amaliyotdagi eng köp uçraydigan muammolardan biri bayram kunlaridagi navbatçiliklar heç qanday huquqiy asosga ega bölmasdan taşkil qilinadi. Ya'ni, iş beruvçining buyruği (farmoyişi) çiqarilmasdan, şunçaki oğzaki körsatma bilan belgilanadi. Nari borsa navbatçilik jadvali taşkil qilinib, uning tepasiga «tasdiqlayman» deya, rahbar imzo va muhr qöyadi, böldi. Lekin bu navbatçilik taşkil qiliş va unga tegişli tartibda haq tölaş uçun asos bölolmaydi. Şu sababli deyarli barça holatlarda bunday «operativ navbatçilik» uçun xodimlarga heç qanday haq tölanmay kelinmoqda. Nari borsa, ularga navbatçilikning ertasi kuni işga çiqmaslik yoki keçikibroq işga çiqişga ruxsat beriladi, xolos. Biroq bu mutlaqo notöğri.
Bundan taşqari mabodo navbatçilik vaqtida xodimlar turli köngilsizliklar tufayli tan jarohati olsa yoki vafot etsa, mehnat muhofazasi masalasida ham muammolar yuzaga keladi. Iş beruvçining heç qanday rasmiy buyruği bölmagandan keyin, unga kelgusida tovon puli tölaşdan osongina boş tortiş mumkin böladi. Boşqaça aytganda, «xodimga heç kim navbatçilikka tur, deb aytmagandi, hayronman öşa kuni nima qilib yurgan ekan» deyişlari ham ehtimoldan xoli emas.
Har ikki holatda ham bayram kunlaridagi navbatçiliklar xodimlarning huquq va manfaatlarini söroq ostiga qöyadi.
Qonunçilik nima deydi?
Mehnat kodeksida navbatçilik haqida heç qanday qoida belgilanmagan. Şu sababli, navbatçilik tartibi faqat lokal hujjatlar bilan belgilanadi. Ammo amaliyotda köp guvohi bölamizki, bayramlar kunlaridagi navbatçilikni taşkil qiliş tartibi va unga tölanadigan iş haqi birorta hujjatda qayd etilmagan böladi. Şunçaki oğzaki topşiriq yoki iş beruvçining körsatmasi asosida taşkil etiladi.
Xodimning roziligi kerakmi?
Yuqorida aytganimizdek, bayram kunlaridagi navbatçilikda turiş odatda xodimlarning mehnat şartnomasida körsatilmaydi va ularning majburiyatlari ham hisoblanmaydi. Demak, bundan körinib turibdiki, bayram kunlaridagi navbatçilikda turişga faqat xodimning roziligi bilangina yöl qöyiladi. Agar xodim rozilik bermasa, unda xodimni iş vaqtidan taşqari (tunda, bayram va dam oliş kunlarida) navbatçilikka jalb etiş mumkin emas.
Navbatçilikka jalb etilgan xodimga qanday haq tölanadi?
Mehnat kodeksining 157-moddasiga köra, iş vaqtidan taşqari işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi.
Yana şunday qoida ham borki, xodimning iltimosiga binoan iş vaqtidan taşqari iş uçun belgilangan iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş soatlariga teng keladigan miqdorda «otgul» berilişi ham mumkin. Iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş uçun boşqa dam oliş kuni berilgan taqdirda, bunday işlar uçun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi tölanişi lozim.
Masalan: ta'lim muassasasi pedagog xodimi 30 dekabrdan 31 dekabrga ötar keçasi – soat 22-00dan 6-00ga qadar navbatçilikda böldi. Aytaylik, 11 yanvar kuni şu xodimning asosiy işi vaqtida oilaviy tadbiri bor. Mana şu holatda xodimning xohişi bilan ötagan tungi navbatçiligi vaqti hisobidan 11 dekabr kuni iş haqi saqlangan holda işdan ozod etilişi mumkin. Va bu holatda xodimga 30 dekabrdagi tungi navbatçiligi uçun 1 hissa iş haqi tölanadi. Agar u «otgul» olişni istamasa, unda navbatçiligi uçun kamida 2 hissa haq tölanişi şart.
Iş vaqtidan taşqari navbatçilikka jalb etiş mumkin bölmagan holatlar bormi?
Albatta bor.
- ön sakkiz yoşga tölmagan şaxslar (xodimlar);
- iş smenasining muddati ön ikki soatdan iborat bölgan xodimlar;
- mehnat şaroiti öta oğir va öta zararli işlarda band xodimlar tungi işlarga va iş vaqtidan taşqari işlarga jalb etiş taqiqlanadi.
Navbatçilik turlari va ularga haq tölaş miqdorlari haqida
1-variant: iş kunida va iş vaqti davomidagi navbatçilik (masalan, juma kuni soat 09:00dan soat 18:00gaça) – bunda xodimga odatdagi tartibda iş haqi tölanadi;
2-variant: dam oliş kunlari (şanba, yakşanba, bayram kunlari) kunduz kundagi navbatçilik – bunda xodimga kamida ikki hissa miqdorda haq tölanadi, yoki xodimning xohişiga qarab bir hissa haq va boşqa iş kuni uçun otgul beriladi.
3-variant: iş kuni va dam oliş kuni tundagi navbatçilik - bunda ham xodimga kamida ikki hissa miqdorda haq tölanadi yoki xodimning xohişiga qarab bir hissa haq va boşqa iş kuni uçun otgul beriladi.
Ma'lumot uçun: Mehnat kodeksining 122-moddasiga binoan, soat 22-00 dan to soat 6-00 gaça bölgan vaqt tungi vaqt, deb hisoblanadi.
Navbatçilik özi nimaga kerak?
Meni doim şu savol öylantiradi. Bayram kunlaridagi navbatçiliklar, ayniqsa tungi vaqtda qaysidir xodimning işxonada yotib qolişidan kimga nima naf? Aytaylik, navbatçilik MK 166-moddasiga köra, bu iş beruvçi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajariş hisoblanadi, şuning uçun noqonuniy emas, deb tasavvur qilaylik.Unda savol tuğiladi: tunda bitta xodimining korxonada tunab qolişidan iş beruvçiga nima foyda? Mehnat jamoasigaçi? Ularning qanday manfaatlari bor bu yerda?
«Xavfsizlik», deysizmi? Unda öşa korxonadagi qorovul yoki içki işlar organlarining qöriqlaş xizmati xodimlari nima qilib ötiribdi? Ular nima uçun maoş olişmoqda? Qöriqlaş uçunmi? Maktab qorovuli böla turib, matematika öqituvçisining maktabda tunaşi qay darajada mantiqqa töğri keladi?
«Favqulodda holatlar», deysizmi? Xöş, favqulodda vaziyatlarda, aytaylik, yonğin yoki zilzila payti matematika öqituvçisi nima qilib bera oladi? Nari borsa, 101 raqamiga telefon qilişi mumkin. Şu işni taşkilot qorovuli qilsa bölmaydimi?
«Bosqinçilikning oldini oladi», deysizmi? Özingizga ham bu variant kulgili eşitilmayaptimi? Navbatçilikda qolgan xodimlar qurollangan bölsa ham mayli ekan. Ular janjal-töpolon payti nima ham qila olardi?
Mening öta şaxsiy fikrim quyidagiça:
taşkilot xodimlarining bayram kunlari tunda navbatçilik uçun işxonada tunab qolişi agar yonğin bölsa, qurbonlar sonining bittaga ortişiga, agar terrorist yoki bosqinçilar hujum qilsa, garovdagilar yoki murdalar sonining bittaga köpayişiga, agar boşqa köngilsiz holatlar bölsa ham, jabrlanuvçilar soni köproq bölişiga olib keladi, xolos. Navbatçilikning foydasi haqida gap ketganda esa, jöyali sabab sanab bera olmayman. Yana ham kim bilsin.
Mabodo «navbatçilik kerak, busiz umuman iloji yöq» deyilgan taqdirda ham, buning qonuniy asosini yaratiş, ya'ni Mehnat kodeksida aks ettiriş, şuningdek, iş beruvçining qat'iy buyruği asosida xodimlarga moddiy va ma'naviy zarar yetmaydigan qilib taşkil etiş lozim.
Yangi yil keçasi hamma oila davrasida bayramni nişonlayotgan bir paytda, yangi yilni navbatçilik tufayli işxonasida tunab qoliş bilan ötkazayotgan va eng muhimi - asosiy vazifasi taşkilotni qöriqlaş emas, balki umuman boşqa iş bölgan yuzlab xodimlarni köz oldingizga keltiring va özingiz uçun xulosa qiling: şu adolatdanmi?